Yordam
Seller Helper, ilova, veb-kabinet yoki Claude va ChatGPT uchun konnektor bo‘yicha savollar bormi? Bizga yozing — o‘zbek, rus va ingliz tillarida, odatda bir ish kuni ichida javob beramiz (Toshkent vaqti, UTC+5).
Telegram’da yordam — eng tez yo‘l
@coderuzb
support@seller.com7.uz
Yangiliklar
@sellerhelperapp
Ko‘p beriladigan savollar
Claude yoki ChatGPT’ni qanday ulash mumkin?
Konnektorni https://seller.com7.uz/mcp manzili bilan qo‘shing, Seller Helper’ga kiring va «Ruxsat berish»ni bosing. Batafsil yo‘riqnoma — konnektor sahifasida.
Yordamchi do‘konda API kaliti yo‘qligini aytyapti.
Uzum Seller’da «Мой профиль» → «Ключи API» bo‘limini oching, «Только чтение» ruxsatli kalit yarating va uni Seller Helper ilovasi yoki veb-kabinetidagi do‘kon kartasiga qo‘shing.
Avtobron yoki sharhlar ishlamayapti.
Ular uchun Uzum Seller’da do‘koningizga Seller Helper xodimi qo‘shilgan bo‘lishi kerak. Qanday qo‘shish — ilovadagi do‘kon kartasida ko‘rsatilgan.
Yordamchini qanday uzish mumkin?
Yordamchi sozlamalarida (Claude: Customize → Connectors; ChatGPT: Sozlamalar → Ilovalar) yoki Seller Helper veb-kabinetida, «ChatGPT и Claude» bo‘limida.
Hisob va ma’lumotlarni qanday o‘chirish mumkin?
Ilovada: «Profil» → «Hisobni o‘chirish». Yoki bizga yozing — o‘zimiz o‘chiramiz.
Zaiflik haqida qanday xabar berish mumkin?
Telegram yoki email orqali tafsilotlari bilan yozing — javob beramiz va tasdiqlangan muammoni birinchi navbatda tuzatamiz.
Seller Helper